Barcha yangiliklar
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi amaliy ishlar "G‘alaba" mahallasi misolida
Gallery image 200128
Gallery image 200129
Gallery image 200130
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
28 Iyul 2026
10:41

“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi amaliy ishlar "G‘alaba" mahallasi misolida

Xususan, “G‘alaba” mahallasida ham mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari birlashib, ko‘cha va yo‘laklar, ichki yo‘llar, ariq-zovurlar hamda jamoat joylarini obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. Hashar davomida hududlar chiqindilardan tozalanib, begona o‘tlar o‘rilmoqda, atrof-muhitni yanada ozoda va ko‘rkam qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda obod muhitni yaratish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda aholi o‘rtasida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Mengziyayeva Rayxon Yangiboevna
Xalq deputatlari Qumqo’rg’on tuman kengashi deputati