Barcha yangiliklar
CHINOZ TUMANI. DEPUTATLIK NAZORATI.
Gallery image 23392
Gallery image 23393
Gallery image 23394
Gallery image 23395
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
15 Yan 2025
15:03

CHINOZ TUMANI. DEPUTATLIK NAZORATI.

CHINOZ TUMANI. DEPUTATLIK NAZORATI.

Chinoz tumani “Xo‘ja” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Oxunboboyev va Abdulla Avloniy ko‘chalari kesishmasida bir necha oylar davomida ichimlik suvi quvuri yorilishi natijasida sizib chiqayotgan suv yo‘lning qatnov qismiga oqib chiqayotgan edi. Ushbu holat yo‘l harakati ishtirokchilari va shu atrofda yashovchi fuqarorlarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi. 

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov tashabbusi bilan ushubu holatni bartaraf etish bo‘yicha “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Chinoz tumani bo‘limiga murojaat qilindi. 

Bugun erta tongdan boshlab, ushbu ko‘chada yashovchi faollar, deputat E.Saidov, “Toshkent suv ta’minoti” MChJ Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘i N.Qudratov, bo‘lim bosh ustasi I.Oripov va sohaga mas’ul mutaxassislar ishtirokida maxsus texnika vositalarini jalb qilgan holda nosozliklar bartaraf etildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov