Barcha yangiliklar
"Yangiyer" mahallasida bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishildi
Gallery image 200078
Gallery image 200079
Gallery image 200080
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
27 Iyul 2026
10:03

"Yangiyer" mahallasida bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishildi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 10 sentyabrdagi PQ–298-son qaroriga muvofiq, Qumqo‘rg‘on tumanining «Yangiyer» mahallasi «Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar» ro‘yxatiga kiritilgan.
Qaror ijrosi doirasida mahalla infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, hudud qiyofasini yanada obod etish, yo‘llar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy ob’ektlarni yaxshilash, eng muhimi, aholi uchun qulay va munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Tashrif davomida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda ishlarning sifati yuzasidan atroflicha tanishildi.
Har bir mahallaning zamonaviy qiyofa kasb etishi, aholi farovonligi va hayot sifati yuksalishi yo‘lidagi ishlar izchil davom etadi.