Barcha yangiliklar







INOMOVA YARKINOY JIYANBOYEVNA
15 Yan 2025
14:53
Mahallada sayyor qabul
Bugun 15-yanvar kuni Bo‘ka tumanidagi Dashtobod mahallasi aholisi uchun tuman IIB boshlig‘i v.v.b R.Abdusamatov, hudud deputati M.Mirmaxmadov hamda "mahalla yettiligi" ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Aholining murojaatlari, masalalarini ko‘rib chiqish va hal etish uchun tumandagi 13 ta tashkilotdan mas'ul xodimlar, shuningdek, tuman Xalq qabulxonasi mutasaddilari jalb etildi.
Fuqarolar qabuli jarayonida aholidan ichimlik suvi, ichki yo‘llar holati, bandlik, shuningdek, kommunal sohadagi muammolar yuzasidan 10 ta murojaatlar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlardagi mummolar nazorat-reja asosida ijroga yo‘naltirildi.