Barcha yangiliklar
AHOLI UCHUN QULAY VA SHINAM MUHIT YARATILMOQDA
Gallery image 199984
Gallery image 199985
Gallery image 199986
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
27 Iyul 2026
09:28

AHOLI UCHUN QULAY VA SHINAM MUHIT YARATILMOQDA

Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati S.Normetova tashabbusi bilan “SOBIROBOD” MFY hududdagi ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari (pod’ezdlari)ni obodonlashtirish va ularning estetik holatini yaxshilash bo‘yicha ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

✅Bajarilgan ishlar doirasida kirish yo‘laklarida kapital ta’mirlash ishlari olib borilib, devorlar oqlanib va bo‘yaldi, pollar yangidan bo‘yaldi hamda umumiy foydalanish joylari tartibga keltirildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida aholi uchun yanada qulay, ozoda va shinam muhit yaratildi.

✅Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolarning turmush sifatini yaxshilash, mahallalarni obod qilish va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!