Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 199974
Gallery image 199975
Gallery image 199976
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
29 Iyul 2026
09:18

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqilib, mahalliy budjet ijrosi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan axborot va hisobotlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tegishli masalalarni sessiya muhokamasiga kiritish yuzasidan komissiya xulosalari va tavsiyalari ishlab chiqildi.