Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR NAZORATI: OBODONLASHTIRISH SOHASIDAGI QAROR IJROSI O‘RGANILMOQDA
Gallery image 199913
Gallery image 199914
Gallery image 199915
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
28 Iyul 2026
19:53

DEPUTATLAR NAZORATI: OBODONLASHTIRISH SOHASIDAGI QAROR IJROSI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan "Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalari" ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshiriladi.

O‘rganishlar davomida:

✅ aholi punktlarini obodonlashtirish ishlari;
✅ ichki yo‘llar va piyodalar yo‘laklarining holati;
✅ ko‘kalamzorlashtirish hamda daraxtlarni parvarishlash;
✅ sanitariya-tozalash va maishiy chiqindilarni olib chiqish ishlari;
✅ ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda fuqarolar murojaatlarining ijrosi yuzasidan tashkilotlar faoliyati tahlil qilinmoqda.

SAVOLNOMA👇👇👇