Barcha yangiliklar
PQ–405 qarori ijrosi jamoatchilik nazoratida
Gallery image 199896
Gallery image 199897
Gallery image 199898
Gallery image 199899
Gallery image 199900
Gallery image 199901
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
28 Iyul 2026
19:47

PQ–405 qarori ijrosi jamoatchilik nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ–405-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Pastdarg‘om tumanida tizimli monitoring ishlari olib borilmoqda.

Mazkur qaror ijrosi doirasida mahallalardagi faol nuroniylar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi tomonidan umumlashtirilib, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari tahlil qilinmoqda.

O‘rganishlar davomida:

🔹 mahallalarda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;

🔹 ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari;

🔹 bandlik va daromad manbalarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar;

🔹 faol nuroniylar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar, ularni bartaraf etish yuzasidan tashkilotlar faoliyati o‘rganildi.