Barcha yangiliklar
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.
Gallery image 199882
Gallery image 199883
Gallery image 199884
Gallery image 199885
Gallery image 199886
Gallery image 199887
Gallery image 199888
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
28 Iyul 2026
19:40

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 23-"Qorako‘l" saylov okrugi deputati Sh.Xoldarov, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyevlar tomonidan "Qorako‘l" mahalla fuqarolar yig‘inini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida tashabbuskor S.Sayidumarov tomonidan barpo etilayotgan "Karvon mebel fabrikasi" qurilishi bilan yaqindan tanishilib, qurilish ishlari va loyihaning mahalla ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shadigan hissasi muhokama qilindi.

Ma'lum qilinishicha, ayni paytda loyiha doirasida 50 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta'minlangan. Loyiha to‘liq ishga tushirilgach esa yana 50 nafar yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligini oshirishga xizmat qiladigan muhim tashabbuslardan biri hisoblanishi qayd etildi.