Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 199844
Gallery image 199845
Gallery image 199846
Gallery image 199847
Gallery image 199848
Gallery image 199849
Gallery image 199850
Gallery image 199851
Gallery image 199852
Gallery image 199853
Gallery image 199854
Gallery image 199855
Gallery image 199856
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
24 Iyul 2026
19:22

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, ekspert guruhi a'zolari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador mutasaddilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Kun tartibida 15 ta masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi, aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish, inflyasiyani jilovlash, mahalliy byudjet ijrosi, mahalliy budjet qo‘shimcha manbaalardan foydalanish, jamg‘armadan mablag‘ yo‘naltirish, favqulodda vaziyatlar, sog‘liqni saqlash, Prezident Xalq qabulxonasi, Qonun ijrosini o‘rganish natijalari, prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyatiga oid masalalar muhokama qilindi.

Xususan, sessiyada tuman hokimining murojaati, 9 ta hisobot, 1 ta axborot, 1 ta nazorat-tahlil masalasi hamda Kengash vakolati doirasidagi 4 ta qaror ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

✔️Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan qator savol va takliflar bildirildi. Bildirilgan takliflarning ayrimlari qoʻllab-quvvatlanib, tegishli Kengash qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Sessiya yakunida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash boʻyicha masʼul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi.

Ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida sessiya jarayoni ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli tarizda yoritib borildi.