Barcha yangiliklar
Tuman Sog`likni saqlash bo‘limida jamoatchilik nazorati o`tkazildi
Gallery image 23348
Gallery image 23349
Gallery image 23350
Gallery image 23351
Gallery image 23352
Gallery image 23353
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
15 Yan 2025
12:02

Tuman Sog`likni saqlash bo‘limida jamoatchilik nazorati o`tkazildi

Tuman Kengashi deputatlari tomonidan ko‘p tarmoqli Markaziy shifoxona bosh shifokor o‘rinbosari Ermatov Lutfulla Egamberdievichning 2024 yil ish rejasi va qilingan ishlar hisoboti o‘rganildi.

Poliklinika ambulatoriya xizmati mudiri Fazliddinov Kamoliddin Ziyovuddinovich bilan yaratilgan sharoitlar va tibbiy xizmat sifati, kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj borasida suhbatlashildi.

To‘xtayev Karimjon Rustamboevich bilan 2024 yilda shifoxona uchun budjet xarajatlaridan ajratilgan mablag‘lar, ularni maqsadli sarflanishi, 2025 yil uchun ajratilgan mablag‘lar, 2025 yilda davlat dasturiga tushgan tuman markaziy shifoxonasining xududlardagi bo‘limlari faoliyati haqida ma’lumot olindi.

Ko‘z kasalliklari shifokori Tursunov Xusniddin Muxsiddinovich, stamotolog Usmonova Muhabbat
Shoirxonovna va bolalar nevropatologi bilan suhbatlashildi.