Barcha yangiliklar
Mahallalar uyushmasi faoliyati va “Mahalla byudjeti” mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi
Gallery image 199803
Gallery image 199804
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
28 Iyul 2026
19:08

Mahallalar uyushmasi faoliyati va “Mahalla byudjeti” mablag‘laridan foydalanish tartibi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov o‘ziga biriktirilgan tashkilot — shahar Mahallalar uyushmasi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida uyushmaning mahallalar bilan olib borayotgan ishlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, hududlarni obodonlashtirish va mahalla faolligini oshirish borasidagi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida “Mahalla byudjeti” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi ham muhokama qilinib, ushbu mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, mahalla hududidagi dolzarb muammolarni hal etishda ularning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida mahalla institutini yanada kuchaytirish, fuqarolar manfaatlariga xizmat qiluvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda “Mahalla byudjeti” mablag‘laridan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi