Barcha yangiliklar
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
Gallery image 199780
Gallery image 199781
Gallery image 199782
Gallery image 199783
Gallery image 199784
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
28 Iyul 2026
19:01

Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan Achchiqko‘l mahallasi, Kamoliddin Behzod ko‘chasi 9-uyda yashovchi fuqaro M.Xolmatova bilan suhbat o‘tkazildi.

O‘rganish davomida fuqaro tomonidan salomatligini tiklash yuzasidan bildirilgan murojaat joyiga chiqqan holda atroflicha ko‘rib chiqildi. Fuqaroning sog‘lig‘i bilan bog‘liq holati, mavjud ehtiyojlari hamda davolanish jarayonida uchrayotgan masalalar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan M.Xolmatovaning salomatligini tiklashga ko‘maklashish maqsadida moddiy yordam ko‘rsatish ishlari tashkil etilayotgani ma’lum qilindi. Mazkur yordam fuqaroning davolanish jarayonini qo‘llab-quvvatlash va turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida fuqaroning murojaatini ijobiy hal etish, zarur ijtimoiy ko‘makni o‘z vaqtida ta’minlash hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi