Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 199762
Gallery image 199763
Gallery image 199764
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
28 Iyul 2026
18:54

Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumanida “Mahallada obodonlik va mehr-saxovat” oyligi ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Oylik doirasida tumanning barcha mahallalarida erta tongdan hududlarni yanada obod, ozoda va ko‘rkam qilish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mahallalarning faol fuqarolari ishtirokida hasharlar tashkil etilib, atrof-muhitni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, mehr-saxovat tadbirlari ham o‘tkazilib, ijtimoiy himoyaga murojaat oilalar holidan xabar olinmoqda, ularga amaliy yordam va zarur ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Mazkur tashabbuslar mahallalarda ozodalikni ta’minlash, aholi birdamligini mustahkamlash hamda mehr-oqibat va xamjixatlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.