Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #Deputat_daftari
Gallery image 199753
Gallery image 199754
Gallery image 199755
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
28 Iyul 2026
18:54

#24_ta_masala #Deputat_daftari

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 23-To‘xtamish saylov okrugidan saylangan deputati Narmuratov Abdunazar Juraevich hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirokida "To‘xtamish" mahallasida aholi murojaatlari o‘rganilmoqda. O‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilanmoqda.

Shuningdek, mahallani obodonlashtirish, sanitariya va ozodalikka rioya etish, hududning yanada obod va ko‘rkam bo‘lishini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida obodonchilik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram ▶️ YouTube 🌐oltinsoy.uz