Barcha yangiliklar
Obod mahalla — har bir xonadondan boshlanadi
Gallery image 199717
Gallery image 199718
Gallery image 199719
Gallery image 199720
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
28 Iyul 2026
18:13

Obod mahalla — har bir xonadondan boshlanadi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna o‘zi saylangan “Keneges” OFY 5-Xamza saylov okrugi hududida “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” doirasida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib bordi.

🤝 Tashrif davomida mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, yashash hududlarini obod saqlash, ko‘chalarni ozoda tutish, xonadonlar atrofi va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida fuqarolarning faol ishtiroki muhim ekani ta’kidlandi.

🌳 Shuningdek, deputat aholi tomonidan o‘z xonadonlari atrofi va ko‘chalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan joyiga chiqqan holda tanishdi.

🌿 Ta’kidlanganidek, mahallaning yanada fayzli va ko‘rkam bo‘lishi har bir fuqaroning mas’uliyati, tashabbusi va hamjihatligiga bog‘liq.