Barcha yangiliklar
“Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida - sayyor qabul
Gallery image 199659
NABIYEV SOXIBJON ABDUGANIYEVICH
28 Iyul 2026
17:35

“Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida - sayyor qabul

 ✅ Haftalik doirasidagi tadbirlar kriminogen vaziyati og‘ir, uch va besh yildan buyon "qizil" toifada qolayotgan, ayollar, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qo‘ygan shaxslar jinoyatchiligi hamda sudda nizolashayotgan oilalar salmog‘i eng yuqori bo‘lgan mahallalarda tashkil etilmoqda. 

✅ Bugun “Uchkoʻprik” mahalla fuqarolar yig‘inida tuman hokimi – mahalliy kengash deputati Qodirjon Erkaboyev, tuman prokurori Oʻktamjon Yoʻlchiyev ishtirokida
sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari, xususan, huquqiy yordam, ijtimoiy muammolar va mahalla tartibotiga doir masalalar muhokama qilindi.
 

✅ Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati mudiri – “21-Oq-oltin” saylov okrugi deputati Laziz Turanov o‘ziga tegishli saylov hududi bo‘lgan Uchkoʻprik
shaharchasidagi sayyor qabul jarayonlarida ishtirok etdi.
 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi