Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 199567
Gallery image 199568
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
28 Iyul 2026
16:52

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

📝 Yig‘ilish kun tartibidagi navbatdagi masala — Sherobod tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotni ko‘rib chiqishdan iborat.

🎙 Mazkur masala bo‘yicha Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U. Samadovning hisoboti tinglanmoqda.

🤝 Hisobot yuzasidan doimiy komissiya a'zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlashga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar muhokama qilinmoqda.