Barcha yangiliklar
“Shodlik” MFYda mahalla yettiligi faoliyati va obodonlashtirish ishlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi
Gallery image 199532
Gallery image 199533
Gallery image 199534
Gallery image 199535
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
28 Iyul 2026
16:29

“Shodlik” MFYda mahalla yettiligi faoliyati va obodonlashtirish ishlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Moydinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Appaqov tomonidan “Shodlik” MFYda o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish, aholi bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ko‘chalar va jamoat joylarini ozoda saqlash, sanitariya madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarni obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishga chorlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.