Barcha yangiliklar
📍 Barlos mahallasida ichki ko‘cha yo‘llari holati deputatlik nazoratida
Gallery image 199489
Gallery image 199490
Gallery image 199491
Gallery image 199492
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
28 Iyul 2026
15:47

📍 Barlos mahallasida ichki ko‘cha yo‘llari holati deputatlik nazoratida

📍 Barlos mahallasida ichki ko‘cha yo‘llari holati deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi raisi A. Zikiryayev tomonidan Barlos mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ichki ko‘cha yo‘llarining holati yuzasidan 24 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat jarayonida mahalladagi ichki yo‘llarning mavjud holati, ta’mirga muhtoj elektr simyog’ochlar, aholi harakati uchun qulayliklar, yo‘llarni saqlash va obodonlashtirish ishlarining sifati atroflicha o‘rganildi.
Tahlil davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.