Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 199459
Gallery image 199460
Gallery image 199461
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
28 Iyul 2026
15:31

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

📝 Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, tumandagi davlat organlari va tashkilotlari tuzilmalarida norma ijodkorligi faoliyatini tashkil etish hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan 2026-yilning II choragi yakunlari muhokama qilinmoqda.

🎙 Mazkur masala bo‘yicha Sherobod tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i R. Berdiyevning axboroti tinglanmoqda.

🤝 Yig‘ilish davomida axborot yuzasidan doimiy komissiya a'zolari tomonidan taklif va mulohazalar bildirilib, mavjud holatni yanada takomillashtirishga qaratilgan masalalar muhokama etilmoqda.