Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 199324
Gallery image 199325
Gallery image 199326
Gallery image 199327
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
28 Iyul 2026
11:42

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati A.Bo‘tayev Navro‘z mahallasi saylovchilariga 2-chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan axboroti taqdim etildi.

➡️ Deputat tomonidan birinchi yarim yillik davomida 2 ta deputat so‘rovi tegishli tashkilotga yuborilgan. Shulardan, 1 tasi qisman bajarilgan, 1 tasi mablag‘ talab etilganligi sababli jarayonda turibdi.

➡️ Shuningdek, deputat tomonidan hisobot davrida ijtimoiy tarmoqlarda 37 marotaba chiqish amalga oshirilgan, saylovchilar bilan 6 marotaba uchrashuv o‘tkazilgan hamda Kengash sessiyalarida mahalla hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan muhim taklif va tashabbuslar ilgari surilganligi qayd etildi. Deputatning mazkur yo‘nalishlardagi faolligi alohida e’tirof etildi.

➡️ Uchrashuvda tuman hokimligi vakili tegishli tashkilot xodimi hamda mahalla yettiligi a'zolari ishtirok etishdi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo:
Nvaro‘z mahalla aholisi tomorqalarini sug‘orish uchun o‘rnatilgan 3ta drenajga quyosh panellari o‘rnatish masalasi ko‘tarildi.