Barcha yangiliklar
📌 DEPUTAT HUDUDDA FUQAROLAR BILAN UCHRASHIB, SESSIYA MASALALARINI MUHOKAMA QILDI
Gallery image 199127
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
28 Iyul 2026
08:24

📌 DEPUTAT HUDUDDA FUQAROLAR BILAN UCHRASHIB, SESSIYA MASALALARINI MUHOKAMA QILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan hududlarda amaliy o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu munosabat bilan deputat N. Eliboyev tomonidan Oshiq Ota mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi hisobot yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflari o‘rganildi.

Suhbat jarayonida suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etishning ahamiyati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.