Barcha yangiliklar
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
Gallery image 199111
Gallery image 199112
Gallery image 199113
Gallery image 199114
Gallery image 199115
Gallery image 199116
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
27 Iyul 2026
21:12

Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan “Mingtut” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan birgalikda fuqaro murojaati yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Mingtut ko‘chasi, 51-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Abdullayeva tomonidan yashash uyini ta’mirlash zarurligi yuzasidan bildirilgan murojaat asosida uning xonadoniga tashrif buyurildi.

Xonadonda olib borilgan o‘rganish jarayonida fuqaroning yashash sharoiti, uy-joyning texnik holati hamda ta’mirtalab qismlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, oilaning ijtimoiy holati va mavjud ehtiyojlari o‘rganilib, murojaatning asoslanganligi yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi.

Suhbat davomida fuqaro bilan amaldagi qonunchilik asosida uy-joyni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan yordam turlari, mavjud imkoniyatlar hamda murojaatni ko‘rib chiqish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi