Barcha yangiliklar
Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Gallery image 198948
Gallery image 198949
Gallery image 198950
AITMURATOV KURALBAY TENELBAEVICH
27 Iyul 2026
19:21

Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashining 9-sonli "Dawıt kól" saylov okrugidan deputat G.Bekbosinova boshchiligida, tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i A.Xo‘jageldiyeva tarafidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli "Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

O‘rganish davomida hududdagi xotin-qizlarning ijtimoiy, oilaviy va huquqiy muammolari o‘rganilib, ularning murojaatlari hamda aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko'rib chiqti.

Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘mak ko‘rsatish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganish va amaliy ishlar belgilangan rejalar asosida izchil davom ettirilmoqda.