Barcha yangiliklar
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR JAMOATCHILIK KENGASHI UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 198896
Gallery image 198897
Gallery image 198898
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
27 Iyul 2026
18:14

NAVBATDAGI TADBIRKORLAR JAMOATCHILIK KENGASHI UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

🏙Pastdarg‘om tumanida "Tuman hokimi huzuridagi tadbirkorlar jamoatchilik kengashi"ning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Yig‘ilishda tuman hokimi J.Pardayev, viloyat hokimi huzuridagi tadbirkorlar jamoatchilik kengashi raisi o'rinbosari N.Ibragimov, prokuror, Soliq inspeksiyasi rahbari, viloyat va tuman masʼullari hamda tumanimizda ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib boruvchi bir qator xorijiy va mahalliy yirik tadbirkorlik subyektlari taʼsischilari, rahbarlari ishtirok etdi.
👨‍💼Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan faoliyatiga oid muammo va kamchiliklar o‘rtaga tashlandi.

✅Barcha masalalar ro‘yxatga olinib, ularning yechimlari bo‘yicha ish olib borish belgilandi.

✍️Shuningdek, "Feruz karton produkt" MCHJ ta'sischisi o'z korxonasining faoliyati, mahsulotlar sifati va xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.