Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI: QURILISH OBYEKTI O‘RGANILDI
Gallery image 198887
Gallery image 198888
Gallery image 198889
Gallery image 198890
Gallery image 198891
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
27 Iyul 2026
18:09

DEPUTATLIK NAZORATI: QURILISH OBYEKTI O‘RGANILDI

❇️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Xayrullo Turdiyev o‘ziga biriktirilgan qurilish obyektida bo‘lib, amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

❇️O‘rganish davomida 28-son oilaviy poliklinikaga qarashli “Fayzobod” filiali binosini rekonstruksiya qilish (mavjud 50 qatnovli binoni 1-tip oilaviy poliklinikaga moslashtirish) loyihasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

❇️Deputat tomonidan qurilishning belgilangan loyiha va muddatlarga muvofiq olib borilishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda obyektning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

❇️Mazkur obyekt foydalanishga topshirilgach, hudud aholisi uchun birlamchi tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengayib, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi oshishiga xizmat qiladi.

✅ Deputatlik nazorati davom etmoqda.