Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB QURILISHI O‘RGANILDI
Gallery image 198864
Gallery image 198865
Gallery image 198866
Gallery image 198867
Gallery image 198868
Gallery image 198869
Gallery image 198870
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
27 Iyul 2026
18:06

DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB QURILISHI O‘RGANILDI

🟧Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Gulmera Bozorova o‘ziga biriktirilgan qurilish obyektida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar jarayonini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🟧O‘rganish davomida «Balxiyon» MFY hududidagi 52-son umumiy o‘rta ta’lim maktabini rekonstruksiya qilish (qo‘shimcha 300 o‘rinli o‘quv bino qurish) loyihasi doirasida olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

🟧Deputat tomonidan qurilish jarayonining belgilangan loyiha talablari asosida olib borilishi, ishlarning sifati, xavfsizlik talablari hamda obyektning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟧Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlari yaratiladi, maktabning qamrov imkoniyatlari kengayadi.

✅ Deputatlik nazorati — xalq manfaatlari yo‘lida!