Barcha yangiliklar
Mahalla ko‘cha boshilari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 198788
Gallery image 198789
Gallery image 198790
Gallery image 198791
Gallery image 198792
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
21 Iyul 2026
17:56

Mahalla ko‘cha boshilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Mahalla ko‘cha boshilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan mahallalardan tashrif buyurgan ko‘cha boshilari bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida mahallalarda mavjud dolzarb muammolar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, ko‘cha boshilarining taklif va mulohazalari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda mavjud masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish bo‘yicha fikr almashildi. Aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash borasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi ta'kidlandi.