Barcha yangiliklar
Qo‘ng‘irot MFYda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan infratuzilma sharoitlari o‘rganildi
Gallery image 198780
Gallery image 198781
Gallery image 198782
Gallery image 198783
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
21 Iyul 2026
17:55

Qo‘ng‘irot MFYda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan infratuzilma sharoitlari o‘rganildi

Qo‘ng‘irot MFYda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan infratuzilma sharoitlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 10-Yangiyo‘l saylov okrugi deputati R. Shamanov hamda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov tomonidan Qo‘ng‘irot MFY hududidagi Yoshlik ko‘chasida olib borilayotgan infratuzilma ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun zarur qulay sharoitlarni yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan asfalt qoplamasi yotqizish, yangi transformator o‘rnatish hamda elektr tarmoqlarini tortish ishlari bilan tanishildi.

Mas'ullar bilan ushbu ishlarning borishi muhokama qilinib, ularni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, tadbirkorlar hamda aholi uchun zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida muntazam kuzatib borilishi ta'kidlandi.