Barcha yangiliklar
Deputat fuqarolar murojaatlarini uyma-uy o‘rgandi
Gallery image 198724
Gallery image 198725
Gallery image 198726
Gallery image 198727
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
23 Iyul 2026
17:42

Deputat fuqarolar murojaatlarini uyma-uy o‘rgandi

Deputat fuqarolar murojaatlarini uyma-uy o‘rgandi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva Jo‘yjangal MFY hududida uyma-uy yurib, fuqarolar bilan uchrashdi hamda ularning murojaat va takliflarini tingladi.

O‘rganish davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy, kommunal va infratuzilmaga oid muammolar joyida ko‘zdan kechirilib, har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar deputat nazoratiga olinib, ularning qonuniy va o‘z vaqtida yechim topishi yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.