Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 198718
Gallery image 198719
Gallery image 198720
Gallery image 198721
Gallery image 198722
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
27 Iyul 2026
17:39

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 Sessiya qarori qabul qilindi  

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining VII-24-69-8-119-K/26-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi, aholi muammolarini aniqlash hamda ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Sessiyada O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Sherobod tumani bo‘limi boshlig‘i O. Ostonaqulovning mazkur yo‘nalishdagi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.

Qaror bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash, mahallalarda mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilandi.