Barcha yangiliklar
SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
Gallery image 198704
Gallery image 198705
Gallery image 198706
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
27 Iyul 2026
17:35

SESSIYA OLDIDAN HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan hududlarda amaliy o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi sessiya kun tartibiga “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi hisobot masalasi kiritilgan.

Mazkur masala yuzasidan tuman Kengashi deputati F. Turayev tomonidan M. Ulug‘bek MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ko‘chaboshi S. Donayev bilan suhbat o‘tkazilib, hududda suv resurslaridan foydalanish holati, sug‘orish tizimidagi mavjud muammolar hamda suvni tejashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan hududlarda amaliy o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi sessiya kun tartibiga “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi hisobot masalasi kiritilgan.

Mazkur masala yuzasidan tuman Kengashi deputati F. Turayev tomonidan M. Ulug‘bek MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ko‘chaboshi S. Donayev bilan suhbat o‘tkazilib, hududda suv resurslaridan foydalanish holati, sug‘orish tizimidagi mavjud muammolar hamda suvni tejashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.