Barcha yangiliklar
Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Gallery image 198643
Gallery image 198644
Gallery image 198645
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
27 Iyul 2026
17:23

Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida deputatlar va “mahalla yettiligi” hamkorligini kuchaytirish, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 Unda Prezident raisligida 16-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi, aholi murojaatlari bilan ishlash, “Tashabbusli budjet”, bandlik va ijtimoiy himoya yo‘nalishlaridagi ishlar muhokama qilindi.

✔️ Yig‘ilish yakunida deputatlik nazoratini kuchaytirish, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda mahalliy Kengashlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Yig‘ilishga tuman studiyasidan xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiya raislari, kotibiyat xodimlari ishtirok etdi.