Barcha yangiliklar
Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 198550
Gallery image 198551
Gallery image 198552
Gallery image 198553
Gallery image 198554
Gallery image 198555
Gallery image 198556
Gallery image 198557
Gallery image 198558
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
27 Iyul 2026
16:56

Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi

Deputat nazoratida: hududdagi asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘. Omonov saylangan hududda amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari bilan joyiga chiqib tanishdi.

O‘rganish davomida yangi yotqizilgan asfalt qoplamasining sifati va bajarilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, hudud aholisi bilan muloqot qilinib, fuqarolarning yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish belgilandi. Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish va hududdagi bunyodkorlik ishlarini deputatlik nazorati ostida davom ettirish bo‘yicha ishlar izchil olib borilmoqda.