Barcha yangiliklar
Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
Gallery image 198543
Gallery image 198544
Gallery image 198545
Gallery image 198546
Gallery image 198547
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
27 Iyul 2026
16:53

Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi

Bunyodkor mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva saylangan hududdagi elektr ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati mutaxassisi T. Murodov Bunyodkor mahallasida bo‘lib, hududda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan tanishdi. Xususan, yangi o‘rnatilgan beton elektr ustunlariga 3 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish simlari tortilib, tarmoqni yangilash ishlari izchil davom ettirilayotgani o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla aholisi bilan muloqot qilinib, elektr ta’minoti sifati yuzasidan ularning fikr va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini deputatlik nazoratida olib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Hududlarda elektr infratuzilmasini modernizatsiya qilish va aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar deputatlar nazoratida davom etmoqda.