Barcha yangiliklar
#deputat_faoliyati
Gallery image 198517
Gallery image 198518
Gallery image 198519
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
27 Iyul 2026
16:47

#deputat_faoliyati

➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Ibn Sino” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
➡️Uchrashuv davomida Yangibog‘ va Buxorcha qishloqlarida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar tomonidan tomorqa hamda fermer xo‘jaliklari yer maydonlarini sug‘orish uchun zarur bo‘lgan suv ta’minotidagi muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
➡️Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilib, mavjud muammoni ijobiy hal etish hamda aholini sug‘orish suvi bilan barqaror ta’minlash maqsadida Jondor tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori D. Marupov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
➡️Mazkur deputat so‘rovi orqali hududdagi sug‘orish tizimini yaxshilash, tomorqa va qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘z vaqtida suv bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi nazarda tutilgan. Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolariga yechim topish yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda.