Barcha yangiliklar
Deputat xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Gallery image 198497
Gallery image 198498
Gallery image 198499
Gallery image 198500
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
27 Iyul 2026
16:42

Deputat xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Deputat xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati o‘z saylov okrugidagi mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlar bandligini ta'minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ta'lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya hamda yoshlar tarbiyasiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va murojaatlarini bildirdilar. Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta'kidladi.

Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Bunday ochiq muloqotlar aholining muammo va ehtiyojlarini o‘rganish, ularning taklif hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalq bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.