Barcha yangiliklar
Sessiya oldidan masalalar dastlabki tarzda o‘rganildi
Gallery image 198334
Gallery image 198335
Gallery image 198336
Gallery image 198337
Gallery image 198338
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
27 Iyul 2026
14:38

Sessiya oldidan masalalar dastlabki tarzda o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi tomonidan sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan "Nuroniy" jamg‘armasi Paxtakor tuman bo‘limi faoliyati dastlabki tarzda o‘rganildi.

O‘rganish davomida jamg‘arma faoliyatining amaldagi holati, nuroniylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, hisobot va tegishli hujjatlar tahlil qilindi.

Shuningdek, sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar bo‘yicha mavjud holat yuzasidan dastlabki xulosalar shakllantirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.