Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #Deputatlik_nazorati #Kengash_Kotibiyat_faoliyati #Oltinsoy #Xo‘jasoat_MFY
Gallery image 198304
Gallery image 198305
Gallery image 198306
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
27 Iyul 2026
14:12

#24_ta_masala #Deputatlik_nazorati #Kengash_Kotibiyat_faoliyati #Oltinsoy #Xo‘jasoat_MFY

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi A.Turdiyev va Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-"Xo‘jasoat" saylov okrugi deputati Yu.Hakimovlar ishtirokida “Xo‘jasoat” mahallasida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida aholi tomonidan tashkil etilgan limonxonalarning holati, issiqxonalarda ko‘chatlarni parvarishlash jarayoni hamda tomorqadan samarali foydalanish ishlari ko‘zdan kechirildi. Deputat va kotibiyat xodimlari xonadon egalari bilan muloqot qilib, limonchilikni yanada rivojlantirish va amaliy yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qildilar.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram