Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #Deputatlik_nazorati #Kengash_Kotibiyat_faoliyati #Oltinsoy #Ipoq_MFY
Gallery image 198287
Gallery image 198288
Gallery image 198289
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
27 Iyul 2026
14:10

#24_ta_masala #Deputatlik_nazorati #Kengash_Kotibiyat_faoliyati #Oltinsoy #Ipoq_MFY

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, 14-“Ipoq” saylov okrugidan saylangan deputat Umidullo Xudayberdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirokida “Ipoq” mahallasida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida aholi tomonidan tashkil etilgan limonxonalarning holati, issiqxonalarda ko‘chatlarni parvarishlash jarayoni hamda tomorqadan samarali foydalanish ishlari ko‘zdan kechirildi. Deputat va kotibiyat xodimlari xonadon egalari bilan muloqot qilib, limonchilikni yanada rivojlantirish va amaliy yordam ko‘rsatish masalalarini muhokama qildilar.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram