Barcha yangiliklar
Deputatlik faoliyati
Gallery image 198228
Gallery image 198229
Gallery image 198230
XALILOVA DILDORA SAYPIDINOVNA
27 Iyul 2026
13:04

Deputatlik faoliyati

      

Joriy yilning 26 iyun kuni 17-Xo‘jaqo‘rg‘on saylov okrugidan XDPdan saylangan deputat T. Mirzayeva hududda "Mahallada obodlik va mehr-sahovat oyligi" yuzasidan olib borilayotgan ishlarni o‘rgandi. 

     Jumladan, aholi va tashkilotlarning o‘z hududlarida olib borilayotgan tozalik, obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. 

Mazkur tadbir aholi, mahalla faollari va jamoatchilikning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari natijasida amalga oshirilib, hudud obodligini ta’minlash, hamda fuqarolar o‘rtasida hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 

Deputat tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, ko‘chalarni yoritish tizimini takomillashtirish va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda mazkur masalalar deputatlik nazoratiga olindi.