Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 198174
Gallery image 198175
Gallery image 198176
Gallery image 198177
Gallery image 198178
Gallery image 198179
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
27 Iyul 2026
11:55

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏛Sessiya kun tartibidagi masala deputatlar tomonidan o‘rganildi

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov hamkorligida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔎 O‘rganish jarayonida “Tumanda aholi salomatligini saqlash borasida 2026 yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi masala atroflicha ko‘rib chiqildi.

📋 Jarayon davomida tumanda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi hamda ular ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅ O‘rganish natijalari, bildirilgan taklif va tavsiyalar Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinadi.