Barcha yangiliklar
Deputat nazoratida: tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi
Gallery image 198145
Gallery image 198146
ASHURBOYEV JAVLONBEK MUSTAFOQUL O‘G‘LI
27 Iyul 2026
10:50

Deputat nazoratida: tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash ishlari o‘rganildi



Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nargiza Zafarova tomonidan "Do‘stlik" mahallasi hududida sayyor o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida mahallada tabiiy gaz ta'minotini yanada yaxshilash maqsadida iste'molchilarni amaldagi 3 bosqichli gaz taqsimlash tizimidan 2 bosqichli tizimga o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, deputat tomonidan tegishli tashkilot mutaxassislari hamda mahalla aholisi bilan suhbat o‘tkazilib, olib borilayotgan ishlarning sifati, muddatlari va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.