Barcha yangiliklar
Oqava suv oqimini yaxshilash ishlari nazorat qilindi
Gallery image 198079
Gallery image 198080
Gallery image 198081
Gallery image 198082
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
27 Iyul 2026
10:11

Oqava suv oqimini yaxshilash ishlari nazorat qilindi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati U.Safarov tomonidan Paxtakor mahallasining ichki ko‘chalarida oqava suv oqimini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida oqava suv tizimini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas'ul tashkilot vakillariga ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur ishlar yog‘ingarchilik va oqava suvlarning erkin oqimini ta’minlash, ichki ko‘chalarda suv to‘planishining oldini olish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratishga xizmat qiladi.