Barcha yangiliklar
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – deputatlik nazoratida
Gallery image 197951
Gallery image 197952
Gallery image 197953
Gallery image 197954
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
24 Iyul 2026
17:12

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish – deputatlik nazoratida

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qabul jarayonlarining tashkil etilishi, dori-darmon ta’minoti, sanitariya-gigiena talablariga rioya qilinishi hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va aniqlangan ayrim masalalarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.
Aholining salomatligini muhofaza qilish, sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.