Barcha yangiliklar
"Arpapoya" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi
Gallery image 197911
Gallery image 197912
Gallery image 197913
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
24 Iyul 2026
16:42

"Arpapoya" mahallasida mahalla yettiligi hamkorligi ko‘zdan kechirildi

Uchrashuv davomida mahalla "yettiligi" bilan muloqot qilinib, deputatlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlariga doir 24 ta tavsiya asosida yettilik tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar o'rganildi.
Shu bilan birga mahalla hududida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasida hokim yordamchisi tomonidan bajarilgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.
Davomda "mahalla yettiligi" tizimining o‘zaro hamkorligi xalq deputatlarining mahalladagi vakillari bilan qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi va mavjud muammolarni hal etishdagi o‘rni tahlil qilindi.
Yakunda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini sifatli ta’minlash va deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.