Barcha yangiliklar
Sogʻlom va barkamol avlod — kelajagimiz poydevori!
Gallery image 197687
Gallery image 197688
Gallery image 197689
Gallery image 197690
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
25 Iyul 2026
10:47

Sogʻlom va barkamol avlod — kelajagimiz poydevori!

        Jalaquduq tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati H.Latipov hamda Respublika ishchi guruhi vakillari tumandagi 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldilar. Tashrif davomida mas’ullar muassasada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, taomnoma sifati va tarbiyalanuvchilarning har
tomonlama kamol topishi uchun tashkil etilgan qulay muhit bilan yaqindan tanishdilar.
Ta’lim muassasasi rahbari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Xolmurodova mehmonlarga muassasa faoliyati, bolalarni bogʻchaga qamrab olish borasidagi ishlar hamda kelgusi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Ishchi guruhi vakillari va tuman hokimi bogʻchada yaratilgan sharoitlarni o'rganib, ta’lim va tarbiya sifatini yanada oshirish, bolajonlarning xavfsizligi hamda sogʻlom ovqatlanishini doimiy nazoratda tutish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalarni berib o‘tdilar.