Barcha yangiliklar
Nazorat tahlil
Gallery image 197618
Gallery image 197619
Gallery image 197620
Gallery image 197621
Gallery image 197622
Gallery image 197623
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
22 Iyul 2026
00:00

Nazorat tahlil

#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#nazorat_tahlil
#deputat_faoliyati

Nazorat tahlil

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B.Ochildiyev deputatning saylov okrugi hududida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.

Jumladan, tuman markazidagi "Yetimqum" mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li bo‘yidagi kollektorni yopiqqa o‘tkazish orqali hosil bo‘lgan yer maydonida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida loyiha ijrosi, qurilish ishlari holati, hududdan samarali foydalanish hamda mazkur tashabbusning aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Shuningdek, loyihani belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash hamda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram