Barcha yangiliklar
"Zartepa" mahallasida o'rganish o'tkazildi
Gallery image 197596
Gallery image 197597
Gallery image 197598
Gallery image 197599
Gallery image 197600
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
21 Iyul 2026
00:00

"Zartepa" mahallasida o'rganish o'tkazildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil

"Zartepa" mahallasida o'rganish o'tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Xo‘shboqov hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillaridan iborat tuzilgan ishchi guruh tomonidan "Zartepa" mahallasida joylashgan 21-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati hamda mahalla idorasi atrofida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik baza, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ovqatlantirish tizimi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla idorasi atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va hududni yanada ko‘rkamlashtirish ishlari bilan tanishilib, mavjud holat yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi hamda aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram